Xaver Maskerano: "O'zbekistonning Osiyo chempioni sifatida qiyin raqib ekanligini bilardik"

Оқил Абдубарноев
21 may 2023, 05:29
U-20 jahon chempionati doirasida Argentina - O'zbekiston uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Xaver Maskerano o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekistonning Osiyo chempioni sifatida qiyin raqib ekanligini bilardik. Ochilish uchrashuvi bilan bog'liq hadik bor edi.

Birinchi o'yin har doim bizni asabiylashtirgan. Men bu haqda yigitlar bilan gaplashdim, ular kuchini ijobiy narsalarga sarflashi kerak. Bazida o'zimiz xohlagan o'yinni namoyish eta oldik, biroq yanada shakllanishimiz uchun ko'p mehnat qilishimiz darkor.

Diqqatni bir joyga jamlashdagi muammolar birinchi golga olib keldi, biroq futbolchilar buni tuzata oldi. Ikkinchi bo'limda esa shogirdlarim toliqdi va bazi uslubiy o'zgarishlarga qo'l urdik.

Muxlislarga to'la stadionda o'ynashdan yaxshiroq narsa yo'q. Jahon chempionatida o'ynash juda katta mas'uliyat talab etadi, lekin men yigitlarga bundan zavq olishlari kerakligini aytaman", dedi "Barselona"ning sobiq futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia