Xaver Ernandes: Bu mening eng muhim golim

Narzulla Saydullayev
23 apr 2015
Real hujumchisi Xaver Ernandes YCHL 1/4 finali doirasidagi Atletikoga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Bu derbi edi. Atletikoga qarshi oldingi o'yinlar Realga hech qanday yaxshilik keltirmayotgandi. Atletiko – munosib raqib.

Bugun eng muhim golimni urdim, bu yerda bo'layotgan voqealarga qarng. Faoliyatim davomida bir qator muhim gollar urganman, lekin bugungi kun bilan yashash kerak. Bu gol menga ishonch bag'ishlaydi. Krishtianudan ajoyib pas bo'lganini takidlayman.

Yarim finalda kim bilan o'ynashni istardim? YCHLni yutish uchun barchani mag'lub etish kerak, – deydi Ernandes.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru