Xaver Agirre Yaponiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2014, 11:09
“France Press” agentligining ma'lumotlariga ko'ra, meksikalik murabbiy Xaver Agirre Yaponiya futbol assotsiatsiyasi bilan muzokaralar o'tkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yaponiyaning hozirgi murabbiyi – italiyalik Alberto Zakkeroni mundialda guruhdan chiqa olmagani sababli murabbiylik o'rnini bo'shatmoqchi. O'tgan mavsumda Agirre “Espanol”ni boshqargan. 2002 va 2010 yillarda esa Meksika terma jamoasini jahon chempionatining pley-off bosqichigacha olib chiqqan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net