Xavbek Kyuizans "Bavariya"dan "Veneciya"ga o'tdi

Alisher
4 yanv 2022
"Bavariya" yarim himoyachisi Mikael Kyuizans "Veneciya" o'yinchisiga aylandi.

Bu haqda italyan klubi rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda. 22 yoshli futbolchining shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq xabar berilganidek, "Veneciya" Kyuizans uchun 4 million evro va bonuslar to'lagan.

Futbolchi joriy mavsum "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda 2ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/veneziafc