Xato tufayli MYUning bir qancha futbolkalari chegirma bilan sotilib ketdi

Aziz Tukhtamuradov
25 iyul 2014, 16:36
"Manchester Yunayted" jamoasi xato sababli jamoaning yangi futbolkalarini 50 foizlik chegirma bilan sotib yubordi.
Mahalliy vaqt bilan soat ertalab 5 da klub saytining do'konida xatolik yuzaga kelgan.
Engi kalta futbolkalar 55 funtdan 22 funtga, engi uzunlari esa 60 funtdan 24 funtgacha "arzonlashtirib" qo'yilgan. Bir qancha vaqtdan so'ng esa xato bartaraf etilgan.

Takidlanishicha, bir qancha muxlislar futbolkalardan sotib olishga ulgurib qolganlar. O'z o'rnida esa, klub barcha javobgarlikni bo'yniga olib, futbolkalarni qaytarib olmasiligini ma'lum qilgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru