Xasan Salixamijich "Siti" bilan o'yindagi hakamlikdan norozi

Aziz Tukhtamuradov
20 apr 2023, 07:30
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamijich "Siti"ga qarshi o'yindagi hakamlikni tanqid qildi.

O'yinni Kleman Tyurpen boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Referi o'yin davomida har ikki jamoa foydasiga bir martadan penalti belgiladi, shuningdek bosh murabbiy Tomas Tuxelga qizil kartochka ko'rsatdi. 

"Hakamlik yomon bo'lganiga qaramay, biz yaxshi o'yin o'tkazdik. 

Ko'proq gollar urishimiz kerak. Mavsum uchun tarkibni barcha birga muhokama qilgan, avvalgi murabbiylar shtabi ishtirokida. Yozda yana bu ish bilan shug'ullanamiz", - dedi Xasan Salixamijich. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com