Xarri Rednapp: Ferdinand KPRga o'tishga rozi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2014
Kuinz Park Reyndjers bosh murabbiyi Xarri Rednapp himoyachi Rio Ferdinand ushbu klubda faoliyatini davom ettirishini ma'lum qildi.
Rio bizning jamoaga o'tishga rozi bo'ldi. U Jahon chempionatidan qaytgach safimizga qo'shiladi (Ferdinand ayni paytda TV sharhlovchisi sifatida mundialda ishlamoqda).

U Manchester Yunayteddan ketganini bilgach darhol taklif bilan chiqqandim, Rio jamoamiz uchun ajoyib transfer bo'ladi, – deydi Rednapp.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru