Xans-Yoaxim Vatcke: Kagava uchun Borussiya eshiklari doimo ochiq

Tolibjon Qosimov
24 iyul 2013, 12:03
Dortmundning Borussiya klubi direktori Xans-Yoaxim Vatcke klubda Manchester Yunayted yarim himoyachisi Sindzi Kagavani ko'rishdan xursand bo'lishini aytdi.
Sindzi biz xursandchilik bilan qaytarib oladigan futbolchilar qatoriga kiradi. Kagava uchun Borussiya eshiklari doim ochiq, – deydi Vatcke.

Eslatib o'tamiz, yaqinda yaponiyakik futbolchi qachondir Dortmundga qaytish niyatida ekanini aytib o'tgandi.

MYU safidagi debyut mavsumida Kagava premer-ligada 20 ta o'yin o'tkazib 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas oshirdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru