Xandanovich penaltilarni qaytarish borasida rekord sari yaqinlashmoqda

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 13:29
Kecha "Inter" posboni Samir Xandanovich "Atalanta"ga qarshi o'yinda penaltini qaytarib, jamoasining durangiga munosib hissa qo'shdi.

"Opta" xabariga ko'ra, posbon darvozasi tomon belgilangan penaltilarning 30 foizini qaytargan. Yani, 79 penaltining 24tasi golga aylanmagan.

Agarda, noaniq zarbalar, ustun yoki to'sinlarga tekkanini hisobga olsak, yuqoridagi 24 soni 30ga o'zgaradi. Bu Italiya chempionatidagi ikkinchi natijadir. Oldingi rekord "Inter"ning sobiq posboni Janluka Palyukaga tegishli - 31.

"Inter" ayni damda 1 ochkolik farq bilan A Seriya yetakchisi bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta