Xames Rodriges qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi
Tolibjon Qosimov
22 fev 2018, 11:38
Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki o'yini doirasida "Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Beshiktosh"ga qarshi bahs(5:0)da kichik jarohat olgan edi.
Qo'shimcha tibbiy ko'rikdan so'ng unga birinchi tashhis qo'yildi. Xamesning tizzaosti mushaklaridan kichik jarohat bor va u bir necha kunni o'tkazib yuboradi. Shundan so'ng u mashg'ulotlarga qaytadi deb xabar berdi myunxenliklar rasmiy sayti.