Xames Rodriges faoliyatini Braziliyada davom ettiradi

Mirjalol Normatov
30 iyul 2023, 15:28
Braziliyaning "San-Paulu" klubi yarim himoyachi Xames Rodrigesning jamoaga ko'chib o'tganini ma'lum qildi.

Tomonlar 2 yillik shartnoma imzolashgan. Futbolchi yangi klubiga erkin agent sifatida o'tdi. Oldinroq u "Olimpiakos"ni tark etgandi.

O'tgan mavsumda u grek klubi tarkibida 23 o'yinda 5 gol va 6 assist qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal