Xames Rodriges "Boka Xuniors"ga o'tishni rejalashtirmayapti

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2024
Kolumbiyalik yarim himoyachi transfer haqidagi mish-mishlarni inkor qildi.

"Men "Boka Xuniors" bilan shartnoma imzolashni yoki Argentina chempionatiga o'tishni rejalashtirganim yo'q. Hozir men faqat Amerika Kubogi haqida o'ylayapman va undan so'ng kelajagim bo'yicha qaror qabul qilaman", – dedi 32 yoshli Rodriges.

Xames Rodriges joriy mavsum Braziliyaning "San-Paulu" jamoasida o'ynadi va u yerda 8 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano