Xames: "Real"da katta bosim ostida bo'lasan"

Aslanov Jasurbek
5 fev 2018, 11:53
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning so'zlariga ko'ra, "Real"da o'ynash oson emas.

Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi nemis grandida ijara asosida o'ynamoqda, uning transfer huquqi "Qirollik klubi"ga tegishli.

"Real"dek grandda katta bosim ostida bo'lasan. Hamma aytganingga yoki aytmoqchi bo'lgan gapingga e'tibor qaratadi. U yerda hamma narsani o'rganishing lozim. "Real"da ajoyib mavsumlar o'tkazdim, katta muvaffaqiyatlarga erishdim" - deydi Rodriges.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com