Xames "Napoli"ga o'tishga rozilik berdi

12 iyun 2019, 20:15
Italiyaning "Napoli" klubi "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning transferi bo'yicha ishini davom ettiradi.

La Gazzetta dello Sport jurnalistining ma'lumot berishicha, kolumbiyalik Italiya klubiga o'tishga rozilik berdi.  Neapolliklar ham xuddi "Bavariya" singari Xamesni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish niyatida. Endi qaror qabul qilish navbati "Real" jamoasida. 

Qayd etish kerak, 27 yoshli xavbek o'tgan ikki mavsum "Bavariya" safida maydonga tushdi va doimiy asosiy tarkibda bo'lmaganligi uchun myunxenlielar bilan hamkorlikni to'xtatishga qaror qildi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/NicoSchira