Xalk shaxsiy samolyotini ko'rsatdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
15 noya 2018, 17:17
"Shanxay SIPG"ning braziliyalik hujumchisi Xalk "Instagram"dagi sahifasida shaxsiy samolyotini ko'z-ko'z qildi.

Uchoq bortiga futbolchining imzosi, ichiga esa uning surati va logotipi tushirilgan.




Samolyot modeli Hawker 800XP. Uning narxi 2 mlndan 13 mln dollargacha.

Xalk joriy mavsum Xitoy chempionati o'yinlarida 13ta gol urib, 12ta golli pas berdi. U o'ynaydigan "Shanxay SIPG" o'z tarixida ilk marta milliy Superliga g'olibiga aylandi. Hozir braziliyalik hujumchi haftasiga 320 ming evro ishlab topadi.

Eslatib o'tamiz, "Shanxay SIPG"da O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov ham to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com