Xakimining agenti PSJ bilan muzokaralarni rad etdi

Alisher
10 iyun 2021
"Inter" himoyachisi Ashraf Xakimining agenti Alexandro Kamano PSJ bilan muzokaralarni rad etdi.

"PSJ bilan hech qanday muzokaralar yo'q. Ayni damda biz va parijliklar o'rtasida hech narsa sodir bo'lmayapti. Bizda francuz klubi bilan kelishuv yo'q.

Ashrafni "Inter"da barchasi qoniqtirmoqda. U klubda qoladimi? Hozir barcha uchun qiyin vaziyat", - deydi agent.

Xakimi 2020/21 yilgi mavsum 45ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 11ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: FC Inter 1908