

Manbaning xabar berishicha, 22 yoshli marokashlikning COVID-19 uchun topshirgan testi musbat chiqdi va u karantinga yuborildi.
Shu munosabat bilan parijliklar yangi a'zosi "Shambli"ga qarshi bugungi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yubordi.
PSJ Xakimini "Inter"dan 60 million evrga sotib olgan. Shuningdek, Milan klubi yana 11 millionni bonus sifatida oladi.



