Xakimi "Real" muxlislari bilan xayrlashdi

Alisher
4 iyul 2020
Himoyachi Ashraf Xakimi "Real"dan "Inter"ga o'tdi va "qirollik klubi" muxlislariga xat yozdi.

"Madridning "Real" klubi - men voyaga etgan, o'qigan va hozirgidek bo'lishimga sabab bo'lgan uyim. Klubning barcha xodimlari, murabbiylari va men bilan ajoyib vaqtlarni o'tkazgan barcha jamoadoshlarimga rahmat.

Va nihoyat, meni qo'llab-quvvatlagan va klub uchun muxlislik qilishni davom ettirayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman.

Hammasi uchun rahmat, Madridning "Real" klubi", - deb yozgan Xakimi. Eslatib o'tamiz, Xakimi "Real" 14 yil to'p tepdi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/achrafhakimi