Xakim Fuzaylov: "Bugun funkcional jihatdan imkoniyatni boy berdik"

Narzulla Saydullayev
21 avg 2013, 19:33
O'zbekiston kubogi yarim final javob uchrashuvi doirasidagi “Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Xakim Fuzaylov qatnashdi.

“Biz boshidanoq o'yin qiyin bo'lishini bilar edik. “Bunyodkor” bugun haqli ravishda finalga chiqdi”, deb gap boshladi Xakim Fuzaylov.

- Asosiy tarkibni tanlashda xatolikka yo'l qo'ydim deb hisoblaysizmi?
- Abdullaev, Farhod Tojiev, Sharipov, Mustafoevda jarohatlar bor. Shundan kelib chiqib asosiy tarkibni tuzishga majbur bo'ldik. Bugun bor imkoniyatimizdan kelib chiqib ish qildik.

- Dastlabki goldan keyin jamoa psixologik jihatdan tushkunlikla tushdi deb o'ylaysizmi?
- Menimcha funkcional jihatdan biz imkoniyatni boy berdik.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia