Xayrulla Abdiev: "Obod" PFL kubogida finalga chiqmoqchi"

Narzulla Saydullayev
8 fev 2015
PFL kubogi musobaqasining ilk turida "Obod" klubi "Navbahor"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Mazkur o'yindan so'ng "Obod" bosh murabbiyi Xayrulla Abdiev

"Bugungi g'alabadan xursandman. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. "Navbahor"ga qarshi o'yinda ancha yaxshi o'ynab uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bugundan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz", - deydi Xayrulla Abdiev.

- "Obod" o'tgan yili ham PFL kubogida ishtirok etgan. Bu musobaqa klublarga qanday yordam beradi?
- PFL kubogi jamoalarga o'yin amaliyoti borasida foydali musobaqa sanaladi. 2014 yil bu musobaqada finalga qadar yetib borgandik, bu yilgi maqsadimiz ham finalga chiqish.

- Mavsumga tayyorgarlik qay tarzda olib borilmoqda?
- 2015 yilgi mavsumga 20 dekabrdan boshlanganmiz. Ayni paytda ikkinchi yig'in davom etmoqda. Bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazayapmiz. PFL kubogidan so'ng kimlar qolishi va kimlar kyetishiga aniqlik kiritamiz.

- O'tgan yil oliy ligaga chiqishga bir qadam qolgandi, bu yilgi maqsad qanday?

- Ayni paytda bosh maqsadimiz PFL kubogida munosib ishtirok etish. Musobaqa tugagach rahbariyat bilan birinchi ligaga qanday maqsad qo'yilishi borasida gaplashib olamiz. Tarkibimizning 60-70 foizi o'zgarishsiz qolgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia