Xadson-Odoi "Chelsi"dagilarga o'z qarorini aytdi

Mirjalol Normatov
7 avg 2022, 11:55
Futbolchi Kallum Xadson-Odoi doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Chelsi"dan ketishni istamoqda.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, futbolchi klub rahbariyatiga jamoasini o'zgartirish niyati borligini ma'lum qilgan. 21 yoshli futbolchini Dortmundning "Borussiya"si ijaraga olishni istamoqda. Shuningdek, "Sautgempton" va "Lester" ham uni sotib olishni istagan.

Futbolchiga qaror chiqarish uchun bir necha kun vaqt ham berilgan.

Kallum APLning 1-turi doirasida "Everton"ga qarshi o'yinda "Chelsi"ning qaydnomasidan o'rin olmadi. Uning klub bilan shartnomasi yana 2 yildan so'ng yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports