Xadson-Odoi “Chelsi”dagi holatidan norozi

23 sen 2020, 09:43
Futbolchi jamoadan ketishi mumkin.

“Chelsi” vingeri Kallum Xadson-Odoi jamoadagi kelajagi borasida bosh murabbiy Frenk Lempard bilan gaplashib olishni xohlamoqda. Qayd etilishicha, ular o'rtasida yaqin kunlarda uchrashuv bo'lib o'tadi. Xadson-Odoi klubdagi holatidan mamnun emas. Kallum ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda. Shuningdek, futbolchining transfer oynasi yopilguniga qadar boshqa klubga o'tib ketishi mumkinligi ham istisno qilinayotgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com