Xabib: "Oltin to'p"ni Levandovski yoki Benzemaga bergan bo'lardim"

Sherzod Nurmatov
14 dek 2021, 21:59
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Argentina terma jamoasi va "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Lionel Messiga topshirilgan "Oltin to'p" haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men "Oltin to'p"ni Levandovski yoki Benzemaga bergan bo'lardim.

O'ylashimcha, Levandovski – so'nggi uch yildagi eng yaxshi futbolchi. U nimalar qilganini qarang: Chempionlar ligasida g'olib chiqdi, ikki yil ichida 120 (yoki undan ko'p) gol urdi.

Bu yil uning hisobida 65 ta gol bor. Boshqa bunday yutuqqa erishganlarni eslay olmayman", – dedi Nurmagomedov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: РИА Спорт