Xabi Alonso yangi klubi bilan muzokaralar o'tkazdi

9 may 2026, 20:49
Ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso "Chelsi" bilan muzokaralar olib bordi.

Niko Skiraning yozishicha, uchrashuv ijobiy ruhda o'tdi. Alonso mavsum tugagandan so'ng "Chelsi"ni boshqarishga tayyorligini ma'lum qildi, shuningdek uzoq muddatli shartnoma tuzishga tayyorligini ta'kidladi.

Shu bilan birga, londonliklar bo'lajak murabbiy bo'yicha hali yakuniy qaror qabul qilmagani va Alonsodan tashqari boshqa nomzodlarni ko'rib chiqishni davom ettirayotgani takidlandi. Ispaniyalik o'tgan yildan beri "Real"ni boshqargan, joriy yil boshida esa klubni tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia