We Global Football. O'zbekistonning JCHga chiqish imkoniyati necha foizga oshdi?

Khoja
26 mar 2025, 08:04
We Global Football nashri JCH-2026 saralash bahslarining 8-turidan so'ng yangilangan reytingni e'lon qildi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining 3-saralashda yo'llanmani qo'lga kiritishi 96 foiz deb ko'rsatilgan. O'tgan turda bu raqam 92 foizni tashkil qilgandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ JCH-2026 saralashining navbatdagi turini 5 iyun kuni BAAga qarshi o'tkazadi. Guruhdagi so'nggi uchrashuvi esa 10 iyun kuni Qatarga qarshi belgilangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: We Global Football