"Vulverxempton" Kessega qiziqishni davom ettirmoqda

Alisher
27 may 2020
"Milan" xavbeki Frank Kesse "Vulverxempton" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Bo'rilar" o'tgan yozda yarim himoyachini xarid qilishga urinishgan edi, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Xabarlarga ko'ra, Angliya klubi 22 yoshli ivuarlik futbolchini iyuldagi transferlar oynasida asosiy maqsad qilib olishgan.

Transfer 25 million evro evaziga amalga oshishi mumkin. Kesse uchun shuningdek "Arsenal" va "Atalanta" klublari ham raqobat qilmoqda.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports