“Vulverxempton” himoyachisi: “Rossiya yoki Ukraina TJdan chaqiruv olishga tayyorman”

Eldor Akmurzayev
10 noya 2020, 19:35
“Bo'rilar” a'zosi Maks Kilman ota-onasining kelib chiqishini hisobga olib, boshqa davlat terma jamaosida o'ynashga tayyor.

23 yoshli futbolchi Angliyada tavallud topgan.

“Rossiya yoki Ukraina terma jamoalarining eshiklari men uchun ochiq. Yoshligimda bazan Moskvaga borib turardim va ko'p vaqtimni onamning qarindoshlari yashaydigan Kievda ham o'tkazardim. Otamning yaqinlariga kelsak, ularning barchasi Nyu-Yorkka ko'chib ketishgan. Rus tilim u qadar yaxshi emas, ammo hali ham gapira olaman”, deydi Kilman.

Maks APL joriy mavsumida 5 o'yinda qatnashib, bitta golga hammuallif bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport