"Vulverxempton" futbolchilaridan koronavirus sabab muxlislar bilan selfi tushmaslik so'raldi

Alisher
4 mar 2020, 10:44
"Vulverxempton" COVID-19 sababli futbolchilar va klub xodimlariga maslahatlar berdi.

Futbolchilar va klub xodimlaridan katta uchrashuvlar, kechki ovqatlar va boshqa tadbirlarni o'tkazmaslik so'raldi, shuningdek muxlislar bilan selfi tushmaslik va ularga dastxat bermaslik ham.

Klub bu qaror muxlislarni xafa qilishi mumkinligini tan oldi, ammo buni ayni paytdagi eng to'g'ri qaror deb hisoblaydi.

"Vulverxempton" hozirda APLda 28 turdan so'ng 42 ochko to'plagan holda, musobaqa jadvalining 6-o'rnida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: wolves.co.uk