"Vulverxempton" "Barselona"ning ikki futbolchisini nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2021, 21:03
Klubning yozgi transfyerdagi maqsadlari jiddiy.

"Vulverxempton" Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachilari Karlos Alenya va Franisshku Trinkaularni tarkibiga qo'shib olmoqchi.

"Bo'rilar"ga Trinkau uchun kurashda "Yuventus", "Roma" va "Milan" klublari raqobatchilik qilishi mumkin, ular ham shartnomasi 2025 yil yozida nihoyasiga etadigan portugaliyalik yigitchani kuzatib borishmoqda.

"Vulverxempton" Franisshkudan tashqari so'nggi ikki mavsumda "Betis" va "Xetafe"da ijarada o'ynagan Karlos Alenya nomzodini ilgari surmoqda. 23 yoshli ispaniyalik yosh iqtidorning shartnomasi 2022 yilda tugaydi va yozda uni atigi 10-15 million evroga sotib olish mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana