"Volfsburg"ning eng yaxshi to'purari "Byornli"ga o'tadi

Alisher
31 yanv 2022, 15:17
Bitim yakunlanishga yaqin.

"Byornli" "Volfsburg" forvardi Vaut Vegxorst bilan shartnoma imzolaydi.

Transfer narxi 15 mln evroni tashkil etadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Vegxorst 2018 yildan beri "Volfsburg"da o'ynaydi. Niderlandiyalik ketma-ket besh mavsumdan beri "bo'rilar"ning eng yaxshi to'purari hisoblanadi.

29 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira