“Volfsburg” Bundesligada qoladigan bo'ldi

Jamoa o'tish musobaqasida “Xolshtayn”ni ikki o'yinda ham mag'lub etdi.

“Volfsburg” birinchi o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Ikkinchi o'yinda esa “Xolshtayn” o'z maydoniga o'ynaganiga qaramay bitta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchradi.

Shu tariqa “bo'rilar” keyingi mavsumda ham Bundesligada o'ynaydigan bo'ldi.

“Xolshtayn” – “Volfsburg” 0:1

Gol: Knoxe, 75 (0:1)

Birinchi o'yin 1:3


Manba: Championat.asia