Voycex Shesni: “Arsenal”ga foydasi tegadigan ishni qilaman”

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2013, 13:35
“Arsenal” klubi darvozaboni Voycex Shesni raqobatdan qo'rqmasligini va u uchun eng muhimi bosh murabbiyning qo'llab quvatlashi ekanligini aytib o'tdi.

“Arsenal” yangi kuchli darvozabonni o'z safiga qo'shib olgan taqdirda ham, men o'z o'rnimni ushlab qolishga astoidil harakat qilaman. Nima bo'lishidan qatiy nazar, men klubga foydasi tegadigan ishni qilaman. “Arsenal” – mening qalbimda va men klubdan ketishni hech ham o'ylamayman.

Men hali yosh man, shuning uchun faoliyatim davomida yuqori pog'onalarni zapt etish va pastga sho'ng'ish kabi holatlar bo'ladi. Kichik klubda o'ynash mumkin, u yerda katta xato ham kichkina bo'lib ko'rinadi. Lekin top-klubda kichkina xato ham OAVda chiqib ketadi. Men uchun eng muhimi bosh murabbiyning ishonchidir. Ishonch boshqa narsalar haqida o'ylamaslikka yordam beradi”, - deydi Shesni.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru