Vohid Shodiev: “Xitoy yangi murabbiy qo'l ostida tezkor futbol namoyish etmoqda”

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2015, 11:05
Xitoy - O'zbekiston uchrashuvidan oldin terma jamoamiz hujumchisi Vohid Shodievning fikrlari bilan qiziqdik.
- Xitoy bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida fikrlaringiz qanday?
- Brisbenda bo'lib o'tadigan uchrashuv qiziqarli va kurashlarga boy bo'ladi deb bemalol ayta olaman. Xudo xohlasa yurtdoshlarimizga g'alaba tortiq etishga harakat qilamiz.

- Xitoyning o'yiniga qanday baho berasiz? Ularning ustunlik tarafi nimada deb o'ylaysiz?
- Xitoyliklarning Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvini ko'rib, o'rganib chiqishga muvaffaq bo'ldik. So'nggi yillarda jamoa ancha o'sishga erishdi. Yangi bosh murabbiy Alan Perren qo'l ostida tezkor futbol namoyish etishmoqda.

- Terma jamoamizdagi ichki muhit qanday?
- Termamizdagi ichki nuhit a'lo darajada. Bugungi uchrashuvga barcha bir oiladek tayyorgarlik ko'ryapti.


Komiljon Ikromov suhbatlashdi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia