Futbolchi ushbu taklifga rozi bo'lib, keyingi faoliyatini “qaldirg'ochlar” bilan bog'ladi. Uning ushbu o'tish borasidagi fikrlari ko'pchilikni qiziqtirishini inobatga olib, uni suhbatga tortdik.
- Qaror qabul qilishda qiynalmagandirsiz-a?
- Yo'q, qiyinchilik bo'lmadi. Men uchun har tomonlama maqul taklif bo'lgandi. Oldin aytganimdek, ko'proq “Bunyodkor” uchun o'ynashga xohishim bor edi. Shartnomaga qo'l qo'yishga arzimaydigan sabab bo'lmadi.
- “Qaldirg'ochlar” doimo barchaning diqqat e'tiborida bo'lib kelgan. Shu sababli u yerdagi futbolchilarga ham e'tibor yuqori bo'ladi. Bunday sharoitda sizga ortiqcha bosim halaqit qilmaydimi?
- Jamoaga endi qo'shilganim bois ortiqcha bosimni sezmadim va bundan keyin ham bu narsa bo'lmaydi degan umiddaman. Har qanday holatda ham o'z ishimni bajarishga harakat qilaman. Futboldan tashqari narsalarga umuman e'tibor bermayman.
- Klubda Oleksandr Pishur, Igor Taran va Anvar Berdiev kabi tajribali hujumchilar bor. Bunday kuchli raqobatga kirish uchun birinchi navbatda nimaga e'tibor qilmoqchisiz?
- Jiddiy raqobat ichida “yo'qolib” ketmaslikka harakat qilaman. Pishur, Berdiev va Taran jamoaga foyda keltira oladigan xujumchilar. Ular qatorida men ham “Bunyodkor”ga yordam berish uchun kelganman.
- Chempion jamoaga kelgach intilish va ishtiyoq yanada oshdimi?
- Bu men uchun yangi cho'qqi bo'lib ko'rinmoqda. “Bunyodkor”da nimalarga qodirliginimni ko'rsata olsam o'zimni baxtli his etaman.
- Yangi mavsumda qanchadir miqdorda gol ura olaman deb ayta olasizmi?
- Bu masalada aniq javob bermayman. Shu kungacha chempionatdan oldin mana buncha gol uraman deb aytamaganman. Hammasi mavsum tugaganidan keyin ma'lum bo'ladi. Hozirdan bir nima deyish noto'g'ri bo'lardi.
- Klubga moslashishda kimlar yordam beryapti?
- Jamoaning ahilligini ko'rib xursand bo'ldim. Bu bitta maqsad uchun birlashgan jamoadir. Vazifa jiddiy bo'lganidan keyin hamma bir-biriga yordam beradi. Klubda oldin birga to'p tepgan do'stlarim ham bor.
- Mirjalol Qosimov bilan uchrashuv qanday o'tdi?
- Murabbiy bilan futbolchi o'rtasidagi suhbat davomida Mirjalol Qo'shoqovich haqiqiy murabbiy ekanligini ko'rsatdi.