Vohid Shodiev “Bunyodkor” bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
23 dek 2015
So'nggi yillarni “qaldirg'ochlar” tarkibida o'tkazib kelayotgan hujumchi ayni paytda jamoasi bilan birga emas.

Bunga oydinlik kiritish maqsadida Shodievning o'zi bilan bog'langanimizda, haqiqatdan ham “Bunyodkor”ning yig'inida ishtirok etmayotganini ta'kidladi. Shuningdek Vohid biz bilan suhbatda klubi bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etgani va endilikda erkin agentga aylanganini bildirdi. 29 yoshli futbolchiga xorij klublaridan ham takliflar bo'layotgani haqida xabar bergandik. Ammo Shodiev hozircha bir to'xtamga kelgani yo'q. Ma'lumot uchun tajribali hujumchi bu yilgi mavsumda 22ta o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasiga 7ta gol urishga erishdi. Bundan tashqari Shodiev O'zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureati bo'yicha noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia