"Vodiy futboli": "Neftchi" Qarshiga faqat g'alaba uchun boradi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2015, 12:14
Vodiy klublari 25-turga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

"Andijon": Ertaga "Qizilqum"ga qarshi o'ynaymiz

Oliy ligada qisqa tanaffus bo'lgani bois ayni paytda barcha jamoalar o'z qarorgohlarida mashg'ulotlar olib borishmoqda. Shu jumladan, “Andijon” jamoamiz ham 5 oktyabrdan beri tayyorgarlikni davom ettiryapti.

Ikki haftalik tanaffus chog'ida andijonliklar nazorat uchrashuvi o'tkazishni ham rejalashtirishgandi. Bu o'yin 10 oktyabr kuni “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'tadigan bo'ldi. Navoiyliklar bilan bo'ladigan bahs Toshkentda o'tkazilishi bois jamoamiz ertaga, 9 oktyabr kuni poytaxtga yo'l oladi. Bosh murabbiy Sergey Kovshov Toshkentga 18 nafar futbolchini olib ketishni mo'ljallab turibdi. “Qizilqum”ga qarshi kechadigan o'yin 10 oktyabr kuni “Jar” stadionida bo'lib o'tadi.



"Qo'qon-1912": 25-turda ikkita diskvalifikaciya

Rustam Abdullaev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi navbatdagi turni o'z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" klubiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu uchrashuvda mezbonlar safida Ilya Ilin va Igor Golban diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi. Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" uchrashuvi 16 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.



"Neftchi": Qarshiga faqat g'alaba uchun boramiz

Milliy terma jamoamizning JCH-2018 saralash bahslarini o'tkazishi sababli, milliy chempionatimizda  vujudga kelgan tanaffusdan jamoalar unumli foydalanish maqsadida o'z mashg'ulotlarini davom ettirishmoqda.

Ma'lumki “Neftchi”ni oldinda bir qator murakkab  uchrashuvlar kutib turibdi. Chempionat jadvalida Farg'onaliklardan yuqori o'rinlarni egalab turgan Toshkentning “Bunyodkor”  hamda “Paxtakor” jamoalarni ajoib tarzda mag'lubiyat uchratgan futbolchilarimiz, endi yana bir “buyuk” jamoa  - Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi  safarda maydonga tushadilar. Albatda, bu uchrashuv jamoamiz uchun qiyin bo'lishi aniq, lekin  murabbiy va futbolchilarning takidlashicha, “Neftchi” Qarshiga g'alaba uchun boradi. Aslida ham jamoamiz hozir ketma-ket 4ta uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgani bois, g'alabali seriyasini davom ettirishga  bel bog'lagan.

Qolaversa, birinchi davradagi “Istiqlol” stadionida alamli mag'lubiyatga uchraganimiz, futbolchilarimiz uchun yana bir motivaciya, yani o'zlarini ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin.  Jamoamizga bu o'yinda  omad va g'alaba yor bo'lsin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia