"Vodiy futboli": Otabek Isroilov endi "Andijon"da

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2015, 13:55
O'tgan hafta "Neftchi"da ko'rikda bo'lgan Otabek Isroilov endi "Andijon" yig'inida ishtirok etmoqda.

"Neftchi": 21 iyuldan yig'in Toshkentda davom etadi

Jamoa tayyorgarliking dastlabki bosqichini Farg'onada o'tkazmoqda. 21 iyuldan esa Murod Ismoilov shogirdlari yig'inni Toshkentda davom ettirishadi. Ushbu yig'in doirasida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. Raqiblar haqida ma'lumot keyinroq taqdim etiladi.


"Andijon": Otabek Isroilov tarkibga qo'shildi

“Andijon” jamoasining o'z qarorgohida olib borayotgan tayyorgarligi davom etmoqda. Kechagi mashg'ulotlar ham ikki mahal “Sog'lom avlod” stadionida o'tkazildi.

Tarkibda yangi o'yinchilardan Iqbol Boboxonov, Bahodir Murtazoev, Shahboz Jumaboev, Rustam Boqiev, Xondamir Yuldashev mashg'ulotlar ishtirok etishayotganini aytib o'tgandik. Shuningdek, mashg'ulotlarda Tursunboy Xusanov ham qatnashmoqda. Kecha “Andijon” safiga hujumchi Otabek Isroilov ham qo'shildi. Birinchi davrani “Buxoro” jamoasida o'tkazgan farg'onalik bu futbolchi “Andijon” mashg'ulotlarida qatnashishni boshladi. “Buxoro”dagi o'zgarishlardan keyin Isroilov jamoani tark etdi. Tarkibga yana yangi o'yinchilarni qo'shilishi kutilmoqda.


"Navbahor": Alisher Samatov: "Chirchiqda asosan jismoniy holatni ko'tarishga e'tibor berilmoqda"

Namanganning "Navbahor" klubi himoyachisi Alisher Samatov jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarligi haqida gapirib berdi.

- Tayyorgarlik reja asosida boshlandi. Chirchiqda boshlangan o'quv-yig'in mashg'ulotlarida jismoniy holatimizni ko'tarish va ko'proq kuch to'plashga katta ahamiyat berilmoqda. Shu sababli yig'inlarni boshlab yuborganmiz. Keyinchalik poytaxtda ham yig'in o'tkazish rejalashtirilgan. Menimcha, u yerda ko'proq nazorat uchrashuvlarida, mashg'ulotlarda taktika va turli sxemalar ustida ishlasak kerak.  Hozircha Qahramon Muhammadjonov keldi. U Qo'qon-1912da ijara asosida to'p surayotgandi. Qolaversa, Botir To'raboev, G'ayrat Jo'raevlar ham jamoaga qaytishgan. Hozircha mana shu futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Darvoqe, Olmaliq klubidan darvozabon Akmal Ortiqov ham kelgan. U ham ko'rikdan o'tmoqda. Tarkibga yana kimlar kelishi menga ma'lum emas. Yig'inlar davomida barchasiga oydinlik kiritiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia