Vlaxovich - "Arsenal"ning asosiy transfer maqsadi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2022, 20:24
"Fiorentina"ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovich qishki transfer oynasida Londonning "Arsenal" klubi bosh transfer maqsadi hisoblanadi.

"Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning shaxsan o'zi futbolchi bilan shartnoma imzolanishini istamoqda. Klub shuningdek, "Everton" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinning transferi haqida bosh qotirmoqda, ammo bu o'tishning ehtimoli juda kam, deya xabar berdi "Daily Mail".

Manbaning xabar berishicha, Vlaxovich Yevropaning top-klublaridan biriga o'tish niyatida. "Arsenal" serbiyalikka nafaqat qulay moliyaviy sharoitlarni taklif qilishi, balki uni Arteta qurayotgan loyihaning nechog'lik jiddiyligiga ishontirishi kerak.

Dushan Vlaxovich ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda qatnashib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani qayd etdi. Transfermakrt portali futbolchining narxini 70 million evroga baholayapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail