Vlado Radmanovich: "Afsuski, Katanetsning hozirgi holati yaxshi emas"

Sherzod Nurmatov
9 sen 2025, 20:19
Milliy terma jamoa murabbiyi Vlado Radmanovich Eronga qarshi final bahsidan so'ng saytimizga intervyu berdi.

- Final haqidagi fikrlaringiz...

- Juda qiziqarli final bo'ldi. Umid qilamanki, ushbu "drama" muxlislarimizga yoqdi. Eron bir kishi kam bo'lib qoldi ham. Biz g'alaba qozonishga loyiq edik.

- So'nggi vaqtlarda O'FA MTJga xorijlik murabbiyni jalb etish maqsadida, degan ko'plab xabarlar tarqaldi. Timur Kapadze matbuot anjumanlaridan birida shartnomam noyabr oyiga qadar amal qiladi degan di. Murabbiylar shtabining, yani sizlarning shartnomangiz ham noyabrda tugaydimi?

- Bu haqda gapira olmayman va hech qanday fikr bildira olmayman. Men ko'p narsadan bexabarman. Bu haqda O'FAdan so'rang.

- Srechko Katanets bilan aloqadamisiz? Uning sog'lig'i qanday?

- Biz doimiy aloqadamiz. Afsuski, Katanetsning hozirgi holati yaxshi emas. Umid qilamanki, uning sog'lig'i tez orada yaxshilanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia