Vladimir Shishelov "Qizilqum"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
21 dek 2013, 20:02
O'zbekistonlik tajribali hujumchi Vladimir Shishelov 2014 yilgi mavsumni "Qizilqum" klubida boshlashi mumkin.
Klub rasmiy saytining xabariga ko'ra 2012 yil "Andijon" va "Nasaf" klublarida o'ynagan Shishelov "Qizilqum"ning mavsumoldi yig'iniga qo'shilishi mumkin ekan.

"Mamlakatimiz muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan va Navoiy futboli maktabi tarbiyalanuvchisi, hujumchi Vladimir Shishelovning ham “Qizilqum” tarkibiga qo'shilishi kutilmoqda", - deb yoziladi fcqizilqum.uz saytida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia