Vladimir Nazarov "Paxtakor"da

Mirjalol Normatov
19 yanv 2024
"Paxtakor" matbuot xizmati jamoaning Antaliyadagi ilk mashg'ulotidan rasmlarni taqdim qildi.

Qizig'i shundaki, mashg'ulotlarda 9 yanvar kuni "Surxon" bilan shartnoma imzolagan Vladimir Nazarov ham ishtirok etmoqda. Posbon "Surxon"ning Turkiyadagi yig'inlarida qatnashayotgandi va "Ballkani"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda ham maydonga tushgandi.

Qayd etish kerak, "Surxon" bilan shartnoma imzolashiga uning "Paxtakor"ga o'tishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia