Vladimir Nazarov: "Men penaltilar seriyasida har doim kuchliman!"

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2022, 00:20
U-23 Osiyo Kubogi 1/4 finali doirasidagi O'zbekiston – Iroq bellashuvidan so'ng (2:2, pen. 3:2) uchrashuv qahramoni, darvozabon Vladimir Nazarov fikrlarini bildirdi.

- Qizil kartochkadan so'ng sizga ishonch bildirildi. O'shga paytda nimani his qildingiz?

- Maydonga tushayotganda o'yindagi penalti borasida menga katta mas'uliyat yuklatilganini bilardim. Afsuski, uni bartaraf etolmadim. 

- O'zbekiston penaltilar seriyasi orqali g'alaba qozondi. Qanday hissiyotlarni boshdan kechiryapsiz?

- Men penaltilar seriyasida har doim kuchliman! Yutishimizga va 1-2 ta penaltini qaytarishimga ishonchim komil edi. Jamoadoshlarim ham menga doimo ishonishgan, ularga rahmat!

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia