Vladimir Bubanya: "Tezkor golimiz o'yin natijasini hal qildi. Joriy mavsum boshimiz uzra kubok ko'tarish nasib qilsin"

Абдулвосит Бектемиров
27 iyun 2024, 17:30
"Andijon" sardori Vladimir Bubanya "Navbahor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Derbi hech qachon oson bo'lmaydi. Birinchi bo'limdagi tezkor golimiz o'yin natijasini hal qildi deb o'ylayman. "Navbahor" dastlabki taymda vaziyatlar yarata oldi. Ikkinchi bo'limda esa biz raqibdan ustunroq ekanligimizni isbotladik. G'alaba loyiq edik. So'ngi ikki oyda jamoaning natijalari yaxshi emas edi. Ketma-ket duranglar qayd etayotgandik. O'z o'yimizda ham mag'lub bo'lishga ulgurdik. Bugungi uchrashuvga o'zgacha ishtiyoq bor edi. O'tgan mavsumda ham o'z o'yimizda "Navbahor"ni mag'lub etgan edik. Keyingi o'yinimiz kubok doirasida "Olimpik"ga qarshi bo'lib o'tadi. Kubok musobaqasi har doim o'zgacha turnir bo'lib kelgan. Sababi ushbu musobaqada ko'pchilikning imkoniyatlari teng. Pro-liga va Birinchi liga jamoalari ham kubok uchun da'vogarlik qilishadi. Men 2018 yilda OKMK bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganman. Joriy mavsum yana bir marotaba kubokni ko'tarish nasib qilsin. Muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Ular Osiyoda eng zo'rlari" - deya fikr bildirdi serbiyalik futbolchi


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia