Vitsel "Borussiya"da tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018, 17:18
Belgiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida bronza medali egasiga aylangan Aksel Vitsel Dortmundning "Borussiya" klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Tyanczin Cyuanczyan" xavbeki yaqin soatlar ichida nemis klubi futbolchisi sifatida tanishtirilishi mumkin. Transfer 20 mln. evro evaziga amalga oshishi kutilmoqda.

Oldinroq, 29 yoshli futbolchiga PSJ qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RTBF