Vitor Roke tez orada "Barselona" safiga qo'shiladi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2023
Forvard chorshanba kuni Kataloniya poytaxtiga yetib kelishi kerak.

Braziliyaning "Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Roke tez orada Ispaniyaning "Barselona" jamoasi safiga qo'shiladi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, 18 yoshli Roke chorshanba kuni "ko'k-anorranglilar" tarkibiga qo'shilishi kerak. Braziliyalik futbolchi Yevropaga oilasi bilan kelishi kutilmoqda.

Vitor Roke joriy mavsum "Atletiko Paranaense" safida 43 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano