Vitinya tez orada PSJda tibbiy ko'rikdan o'tadi

Alisher
18 iyun 2022
"Portu" yarim himoyachisi Vitinya PSJ bilan shartnoma imzolaydi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

22 yoshli portugaliyalik tibbiy ko'rikdan o'tadi va Parij klubi bilan shartnoma imzolaydi. Xavbek yangi sport direktori Luish Kampush uchun ilk xarid bo'ladi.

Vitinya o'tgan mavsum "Portu" safida barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano