Vitaliy Levchenko: "Ikkinchi bo'lim uchun yigitlarga etirozim yo'q"

Iskandarov Abdulaziz
25 okt 2022, 21:49
"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko "Metallurg"ga (0:1) qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirdi.

"O'yin kurashlarga boy o'tdi. Ikki jamoa ham g'alaba qozonishni istagandi. Birinchi bo'limda biroz kayfiyat yetishmadi. Tanaffusda ayrim o'zgarishlar qildik. Futbolchilar bilan gaplashib oldik.  Ikkinchi bo'lim uchun yigitlarga etirozim yo'q. "Metallurg" birinchi bo'limdanoq bunday katta shijoat bilan o'ynashini kutmagandim",- deydi Vitaliy Levchenko

- "Metallurg" birinchi bo'limda o'yinni to'liq nazorat qildi. Futbolchilaringizga nima yetishmadi?

- Qaysidir pallada kurashuvchanlik hissi yetishmadi. Kurash, xohish va ruhiyat, birinchi bo'limda aynan shu uchta narsada oqsadik

- "Neftchi" bu yil mehmonda faqat ikkita o'yinda g'alaba qozondi. Jamoaga safar uchrashuvlarida nima to'sqinlik qilyapti?

- E'tibor bersangiz, birinchi davrani butunlay safarda o'tkazganmiz. Chunki Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohi bizning stadionimiz emas. Ko'p raqiblar bilan mehmonda to'qnash keldik. Men birinchi bo'lim uchun yetishmagan 3ta narsani aytib o'tdim. 

- Andrey Mishenkoning o'yinini qanday baholaysiz? Chunki bugun paslarda, uzatmalarda ko'p xatoga yo'l qo'ydi...

- Rotatciyalar qila olmayotganimiz sabab tetiklik yetishmayotgandir. Futbolchi diqqat va e'tiborini jamlasa bunday xatolar qilmaydi.

- Salamat Quttiboevning almashtirilishi nima bilan bog'liq?

- Ko'rgandirsiz, o'z poziciyalarini yopa olmadi. Uning o'rniga yangi kuchlarni maydonga tushirdik. Chempionat hali tugamadi. Ko'proq ochko jamg'arib turnir jadvalida o'rnimizni yanada mustahkamlashimiz kerak. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia