

- O'yin yaxshi o'tdi. Bir viloyatning ikki jamoasi o'ynagandan keyin tabiiyki, ko'plab kurashlar bo'ldi. Hissiyotlar va ishtiyoq to'qnash keldi. Bu o'yinga faqatgina gol yetishmadi. O'yin bosimga boy o'tdi deya olaman. Afsus, bunday o'yinlarda gol bo'lishi kerak, - dedi Levchenko.



