Vitaliy Legay: "Men sehrgar emasman"

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2016
"Andijon" - "Obod" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Vitaliy Legay o'z fikrlarini bildirdi.
"Obod"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun raqib bizdan yaxshiroq o'ynadi. Natijada ular g'alaba qozonishdi. Ha bizda ham imkoniyatlar bo'ldi, qayerdadir bizga omad kulib boqmadi. Ammo o'yin borasida "Obod"dan kuchsizroq ko'rindik. Ishlashda davom etamiz. Bugun yo'l qo'ygan xatolar ustida ishlaymiz. Ikki kun ichida jamoa o'yinini o'zgartira olmayman, men sehrgar emasman, - deydi Vitaliy Legay.

"Andijon" matbuot xizmati  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia