Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p tepayotgan Moskvaning "Lokomotiv" klubi 8 yillik tanaffusdan so'ng Rossiya chempionatini kuchli uchlikda tugatdi. "Temiryo'lchilar" so'nggi bor 2006 yilgi mavsumda bronza medallariga ega chiqishgandi.
O'z vaqtida SSKA jamoasi tarkibida faoliyat olib borgan Vitaliy Denisov 2004/2005 yilgi mavsumda Rossiya kubogi va UEFA kubogi sohibi bo'lgandi. O'zbekistonning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi o'z sovrinlari qatoriga Rossiya chempionati bronza medalini ham qo'shib qo'yadigan bo'ldi.
Ortda qolgan mavsumda Vitaliy Denisov premer-liganing 24ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1 bor gol urishga muvaffaq bo'ldi.